

Tojikiston klubi rasmiy saytining bergan ma'lumotlariga ko'ra, asosiy, shimoliy, sharqiy va janubiy sektorlar uchun chiqarilgan chiptalar narxi 20 somoniy bo'ladi. Yuqori darajadagi qulaylikni istaganlar uchun VIP chiptalar ham chiqariladi va ularni 500 somoniyga xarid qilish mumkin.
Uchrashuv yakunlanganidan so'ng, muxlislar o'rtasida lotereya o'tkaziladi va unda g'olib chiqqanlar "Samsung Galaxy"ning so'nggi model smartfonlariga va "Lada Priora" avtomobiliga ega bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, bu o'yin Tojikiston mustaqilligining 25 yilligiga bag'ishlab o'tkazilmoqda.



