

Mezbonlar safida o'yinni o'zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov asosiy tarkibda maydonga tushdi va to'liq harakat qildi. Quvonarlisi, hamyurtimiz 6-daqiqada penaltidan to'p kiritdi va 43-daqiqada assist qayd etdi. Shomurodov bahsda to'liq harakat qildi. Yarim himoyachi Abbos Fayzullaev esa 70-daqiqada zaxiradan o'yinga qo'shildi va oradan 8 daqiqa o'tib, raqib darvozasini ishg'ol qildi.
“Istanbul Bashakshexir” Turkiya chempionatida 33 o'yindan so'ng 54 ochko bilan oltinchi o'rinda bormoqda.





