Ispaniya Germaniyani uyiga yuborishga tayyor yoki nemislar oxirgi o'yindagi sharmandalikning o'chini olishadimi? Yaponiya esa deyarli pley-offda. Kunning asosiy intrigalari

Alisher
27 noya 2022
Bugun JCHda siz kuzatishingiz shart bo'lgan o'yinlar bo'lib o'tadi.

Yaponiya - Kosta-Rika

Yaponiya terma jamoasi ilk turda sensacion tarzda Germaniyani 2:1 hisobida mag'lub etdi va shu sabab Kosta-Rikaga qarshi o'yindayoq pley-off yo'llanmasini rasmiylashtirishi mumkin. Xadzime Moriyasu jamoani nemislarga qarshi o'yinga ajoyib tayyorladi. Ayniqsa Bundesligadagi o'yinchilar - Ricu Doan ("Frayburg") va Takuma Asano ("Boxum") bunda katta yordam berishdi. Ikkisi ham ikkinchi taymda tushdi, ammo murabbiy Kosta-Rika bilan katta ehtimol ularni asosiy tarkibga qo'yadi. Yaponlar markaziy amerikaliklar bilan dastlabki daqiqalardan boshlab g'alaba uchun o'ynashga harakat qiladi.




Kosta-rikaliklar uchun turnir muvaffaqiyatsiz boshlandi. Lotin amerikaliklar ispanlarning qurboniga aylanishdi, Keylor Navas esa 8ta aniq zarbadan 7ta gol o'tkazib yubordi. PSJ darvozaboni joriy mavsum deyarli o'yin amaliyotiga ega bo'lmadi, Yaponiyaga qarshi o'yinda esa yana o'yinga kirish talab qilinadi. Kosta-Rikaning qarigan hujumidan nima kutish mumkinligini aytish qiyin, ammo Luis Suares (urugvaylik forvard emas)ning shogirdlari himoyada qattiq ishlashlariga to'g'ri keladi. Yaponlarni texnika bo'yicha Ispaniya bilan taqqoslash qiyin, ammo ushbu jamoa jismoniy tomonlama aniq yomon emas, shu sabab kosta-rikaliklar futbolchilarni tushunish mumkin.


Belgiya - Marokash

Belgiya va Marokash dastlabki o'yinlari bilan umuman hayron qoldirmadi, ammo birinchisi zerikarli o'yinda g'alaba qozongan bo'lsa, ikkinchisi xorvatlarga gol urishga imkon bermadi.

Rossiyadagi bronza medallari ega chiqqan jamoa "qarigan", buni Kanada bilan o'yinda payqash qiyin emasdi. Shimoliy amerikaliklar ancha faol o'ynashdi, belgiyaliklarga esa sifatli tarzda imkoniyatlardan foydalanish yordam berdi. Qatardagi "otlin avlod"ga hatto Kevin De Bryuyne ham ishonmayapti. "Hech qanday imkoniyat yo'q, biz juda ham qaridik", - "Manchester Siti" yarim himoyachisi hazil yoki chin, kecha The Guardian'ga shunday intervyu berdi. Va u Belgiyaga ko'proq autsayder sifatida qarashini aytdi. Agar unda boshqacha niyat bo'lsa, bu sheriklarini ruhlantirishning noodatiy usuli.




Boshqa tomondan, Xorvatiyaga qarshi o'yinda ham marokashliklar yorqin o'yin ko'rsatishmadi. Ushbu jamoa hali yana ikki tur bor bo'lsa ham ochkolar bo'yicha Rossiyada o'tgan turnirdagi natijasini takrorladi. Shu bilan birga, afrikaliklar to'rt yil avvalgidek hujumkor ko'rinishmayapti. Belgiyaga qarshi o'yinda Marokashning nursiz o'yini takrorlanishi mumkin, bundan tashqari terma jamoa qanot himoyachisi va yetakchisi Ashraf Xakimi sonidagi noqulaylik sabab o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin.

Belgiyaning yorqin bo'lmagan o'yiniga qaramay, "qizil iblislar"ga Marokash ustidan qozonilgan g'alaba guruh bosqichidan chiqishni kafolatlashi mumkin.


Xorvatiya - Kanada

Kanada belgiyalikga qarshi o'yindagi ajoyib harakatlari bilan muxlislarni hayratga qoldirdi, ammo hozir Alfonso Devis penaltidan aniq foydalanganda nima bo'lishini taxmin qilishgina qolmoqda. Shimoliy Amerikadagi saralash g'oliblari endi JCH-2018 finalchilari ustidan g'alaba qozonishlari kerak. To'g'risini aytganda, qanchalik g'alati eshitilmasin, Kanadani o'yin bo'yicha favorit deb atash ham mumkin.




Ammo, Xorvatiyaga kimga uning futboli yoqish yoki qolmasligining qizig'i yo'q. Bu jamoa katta mahorat va tajribaga ega, "shashkachilar"da ko'plab top jamoalar bilan o'ynash tajribasi mavjud. Albatta, klublar miqyosida ham ko'plab xorvatiyalik futbolchilar anchadan beri tanqidchilarga o'zlarini darajalarini isbotlab kelishadi. Pley-offga chiqa olmaslik JCHning amaldagi vice-chempionlari uchun muvaffaqiyatsizlik bo'ladi, shu sabab Luka Modrich va uning jamoasi g'alaba qozonishi shart.

Quvnoq Kanadani qanchalik maqtamaylik, baribir ular JCHda hali birorta ham gol urishmagan. Bu holatni amaldagi finalchilar bilan to'g'irlash oson bo'lmasligi aniq.


Ispaniya - Germaniya

JCH-2022 guruh bosqichining eng kutilgan o'yini bugun o'tkaziladi. Qatardagi JCH oldidan Ispaniya va Germaniya terma jamoalari sovrin uchun favoritlardan biri sifatida etirof etilishayotgandi, ammo hozirda barchasi o'zgargan. Nemislar Yaponiyaga qarshi yaxshi o'yinga qaramay, dastlabki turdan so'ng ochkosiz qolishdi. Endi ular o'tgan bahsda raqibini 7:0 hisobida tor-mor keltirgan jamoani taslim etishlari kerak. Ammo, ular o'rtasidagi so'nggi o'yin ham deyarli shunday hisobda tugagan, ispanlar Germaniyaning asosiy tarkibini Millatlar Ligasida 6:0 hisobida mag'lub etib, chinakamiga sharmanda qilishgan. O'shanda Ferran Torres xet-trik qayd etgandi. 22 yoshli forvard Kosta-Rikaga ham 2ta urdi. Ko'rib turganingizdek, bu yigit terma jamoada "Barsa"dan ko'ra muvaffaqiyatliroq o'ynamoqda.




Ikki dastlabki o'yin oldidan jamoalarda vaziyatlardan foydalanish ko'rsatkichi yaxshi bo'lmasligi taxmin qilingandi. Germaniya yakunda 3,53 xG (kutilgan gollar) bilan atigi bir marta, o'shanda ham penaltidan to'p kiritdi. Ispaniya esa maksimal tarzda gol urdi.

Xullas bugun bizlarni ajoyib o'yinlar kutib turibdi. Yoki E guruhidagi intriga haddan tashqari yuqorilab ketadi, yoki Ispaniya Qatardagi JCHda o'ziga 1/8 finalni kafolatlaydi. Germaniya esa mag'lubiyatga uchrasa, ketma-ket ikkinchi bor JCHda guruh bosqichidan chiqa olmaydi.


Alisher Ostonov tarjimasi


AlisherMuallif
Manba: championat.asia