Ispaniya FF prezidenti: "Bu ketishda LaLiga boylari APL boylari bilan tenglashib oladi"

Mirjalol Normatov
14 fev 2023
Ispaniya futbol federatsiyasi prezdenti Luis Rubales LaLiga prezidenti Xaver Tebasni tanqid qildi.

Uning fikriga ko'ra, ligada ayni damda noto'g'ri moliyalashtirish modeli ishlamoqda.

"Real" va "Barselona" - futbol uchun eng muhim klublar. Ammo ularning Superligani tuzish borasidagi qaroriga qarshiman. Ularni bu yo'ldan qaytarib, UEFA miqyosidagi turnirlarga yo'naltirish kerak. Bu futbol uchun ham foydali. Bilaman, Superliganing asosiy tashkilotchilari - Florentino Peres bilan birgalikda Laporta emas, balki, Tebas.

Klublarga 40 yilga 40 mln kredit berib, ulardan 10 foiz televizion huquqni tortib olish yaxshi emas. Bu kambag'allarni yanada kambag'alroq, boylarni esa yanada boyroq qiladi, ular APLdagi boylar bilan tenglashib olishadi. Yakunda o'rtada katta tabaqalanish yuzaga keladi. Buni oldini olish kerak", - dedi mutaxassis.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal