

Luis de la Fuente uchun bu “Qizil furiya” boshqaruvidagi debyut bo'ldi. Ispanlar Evro saralashidagi mag'lubiyatsiz seriyasini 23 taga etkazib, rekord o'rnatishdi. Mazkur terma 2003 yil 7 iyunidan beri mag'lubiyat nimaligini bilmay kelmoqda. So'nggi bor Ispaniyani saralashda Gretsiya engishga erishgandi – 0:1.
De la Fuente shogirdlari keyingi uchrashuvini 28 mart kuni Shotlandiyaga qarshi o'tkazadi.



