Ispan grandlari fransiyalik futbolchiga qiziqmoqda

Alisher
25 avg 2020, 11:07
"Anjer" qanot himoyachisi Rayan Ait-Nuri faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin.

19 yoshli fransiyalik futbolchiga "Barselona" qiziqish bildirmoqda. Uning agenti Jorje Mendesh "Barsa" sobiq sport direktori Erik Abidal bilan bog'langan.

Futbolchi uchun shuningdek "Real" va "Atletiko" ham qiziqmoqda. U hattoki "Real"ning Valdebebasdagi bazasiga ham borgan. Biroq hech kim "Anjer" bilan rasman muzokaralarni boshlamadi.

Rayan 2019 yildan buyon Fransiyaning 21 yoshgacha bo'lgan terma jamoasida to'p tepadi.


AlisherMuallif
Manba: L'Equipe