Islombek Isoqjonov: “Mashal” asosan himoyaviy o'yin ko'rsatdi”

Narzulla Saydullayev
10 may 2016
Oliy liganing 8-turidan o'rin olgan “Andijon” – “Mashal” (1:0) uchrashuvida golli pas oshirgan Islombek Isoqjonov o'yin to'g'risida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- O'yin qiyin bo'lishi oldindan ma'lum edi. Shunga yarasha tayyorgarlik ko'rgandik. “Mashal” butun jamoa bo'lib himoyalandi. Shundan bo'lsada ko'plab imkoniyatlarni yuzaga keltira oldik. Jamoaviy o'yin va murabbiylarning bergan to'g'ri ko'rsatmalari tufayli g'alaba qozondik. Bizda bir oila bor va ajoyib murabbiylar qo'li ostidamiz. Qolgan uchrashuvlarda ham g'alaba qozonib muxlislarni xursand qilamiz – deydi Isoqjonov.

“Andijon” matbuot xizmati.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia