Islandiya 17 yildan so'ng yana yirik hisobda yutqazdi

Aziz Tukhtamuradov
9 sen 2018
Shveytsariya terma jamoasi Millatlar Ligasi doirasidagi uy uchrashuvida Islandiyani yirik 6:0 hisobida mag'lub etdi.

Bu Islandiya terma jamoasining so'nggi 17 yildagi eng yirik mag'lubiyati bo'ldi. 2001 yilning 6 oktyabr kuni islandiyaliklar mehmonda JCH-2002 saralashi doirasida xuddi shu (0:6) hisobda Daniyaga yutqazishgan edi. 

XXI asrda Islandiya ikki bor o'z darvozasidan 6tadan to'p o'tkazib, mag'lubiyat alamini totib ko'rgan: 2002 yilning martida o'rtoqlik uchrashuvida Braziliyadan 1:6, 2004 yilning iyunida Angliyadan ham 1:6 hisobida engilgan. 

Shveytsariya esa shu yilning o'zida ikkita o'yinda raqiblarini 6:0 hisobida dog'da qoldirishga muvaffaq bo'ldi. “Banklar yurti” jamoasi 27 mart kuni o'rtoqlik uchrashuvida Panamadan ustun (6:0) kelgandi. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: