Isak unga bo'lgan qiziqishlar fonida "Nyukasl"dagi yillik maoshini sezilarli darajada oshirib olmoqchi, ammo...

Aslanov Jasurbek
23 iyul 2025
Aleksander Isak "Nyukasl"dagi maoshini oshirish xohlayapti.

Talksport xabariga ko'ra, 25 yoshli hujumchi "Nyukasl" bilan yangi shartnoma tuzib, haftasiga 300 ming funt – yiliga 15,6 million funt maosh olishni xohlaydi.

Klub rahbariyati va bosh murabbiy Eddi Xau o'yinchini qo'yib yuborishni istamaydi, ammo bunday shartlar jamoaning hozirgi maosh tuzilmasini buzib yuboradi.

Isakka "Liverpul" va Saudiya Arabistoni klublari jiddiy qiziqish bildirmoqda. Shvedning amaldagi shartnomasi 2028 yil iyunigacha mo'ljallangan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Talksport