Inzagi "Chezena" bilan o'yindan so'ng "Milan"dan ketishi mumkin

Aslanov Jasurbek
17 fev 2015, 18:13
"Milan" bosh murabbiyi Filippo Inzagi o'z vazifasidan ozod etilishi mumkin.
Xabarlarga ko'ra, "rossonerlar" rahbariyati jamoaning natijalaridan norozi va mutaxassisga ultimatum qo'ymoqchi. Agar "Milan" "Chezena"ga qarshi uchrashuvda mag'lub bo'lsa, Inzagi jamoadan ketishi mumkin. Uning o'rnini yordamchisi Mauro Tassoti egallashi mumkin. Eslatib o'tamiz, "Milan" A Seriyada 23 turdan keyin turnir jadvalida 11-o'rinni egallab turibdi.

Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sport-express.ru