"Inter"ning 17 yoshli futbolchisi gol urdi va uni onasi bilan yig'lab nishonladi. Barchasiga Lukaku "aybdor"

Narzulla Saydullayev
22 dek 2019, 14:17
Kecha Italiya A seriyasining 17-turi doirasidagi "Inter" - "Jenoa" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

O'yinning 63-daqiqasida "Inter" penalti ishlab oldi. To'pni Romelu Lukaku oldi va 11 metrli jarima zarbasini ijro etishga tayyorlandi, biroq kutilmaganda to'pni ortida turgan 17 yoshli Sebastyano Espozitoga uzatdi. Bunga qadar hisob 2:0 edi va Lukaku bitta gol va bitta golli pasni o'z hisobiga yozib qo'ygan edi. 64-daqiqada 2002 yilda tug'ilgan futbolchi penaltini aniq amalga oshirdi va "Inter"dagi debyut golini urdi. 

"Yangi Ibragimovich" deb atalayotgan Espozito golni onasi bilan birga yig'lab nishonladi.


TAS-IX Emas



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia