Interkontinental Kubok-2019. Tojikiston so'nggi turda SH.Koreya bilan to'qnash keldi

Eldor Akmurzayev
15 iyul 2019, 22:50
Hindistonning Ahmadobod shahrida to'rtta terma jamoa o'rtasida Interkontinental Kubok-2019 o'rtoqlik musobaqasi bo'lib o'tayotgani haqida xabar bergandik.

Bugun, Tojikiston termasi SH.Koreyaga to'qnash kelib, minimal hisobda (0:1) raqibiga taslim bo'ldi. Yagona golni Ri Xyon-Jin urdi. Biroq, to'plar nisbatiga ko'ra ular koreyaliklardan ko'proq ochko to'plab, finalga yo'l olishdi. Ularning hal qiluvchi uchrashuvdagi raqibi esa ertaga bo'lib o'tadigan Suriya va Hindiston uchrashuvidan so'ng ma'lum bo'ladi. 

Agar ushbu bahsda durang yoki Suriya mag'lub bo'ladigan bo'lsa, u holda Tojikiston finalda yana bir bor SH.Koreya bilan uchrashadi. Suriyani esa har qanday hisobdagi g'alaba finalga olib chiqadi. 

Eslatib o'tamiz, Usmon Toshev shogirdlari avvalgi turda Suriyani 2:0 hisobida engishgandi.

Musobaqaning so'nggi uchrashuvi esa 19 iyulga belgilangan.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.asia