Rivojlanish kubogi. O'zbekiston U-16 mezbon Shimoliy Makedoniyani mag'lub etdi

Aslanov Jasurbek
19 apr 2026, 01:28
Ayder Kurbaev boshchiligidagi O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi Shimoliy Makedoniyada o'tayotgan "Rivojlanish kubogi" musobaqasida navbatdagi uchrashuvini o'tkazdi.

Turkiyadan qabul qilingan omadsizlikdan so'ng, vakillarimiz mezbonlar ustidan ishonchli g'alabaga erishishdi.

Shimoliy Makedoniya U-16 - O'zbekiston U-16 0:2

Gollar: Behruz Samatov, Ro'zimurod Ro'zimurodov.

Asosiy tarkib: 12. Aziz Berdiev, 2. Shexroz Odilov, 3. Hojiakbar Zulfiqorov (S), 5. Yaxyo Nasrulloev, 6. Abubakr Mamatov, 8. Fayz Achilov, 10. Ulug'bek Xayrullaev, 11. Behruz Samatov, 15. Hasan O'rolov, 18. Abdulaziz Shukurov, 19. Kamoliddin Akbaraliev.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Xu. O'rolov, Bobirov, Ro'zimurodov, Emonkpaire, Erkinjonov, Aminov.

Zaxirada qolganlar: Ayupov, O'ktamov, Xolmamatov.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ufa.uz