Rivojlanish kubogi. O'zbekiston U-16 sharmandali mag'lubiyatga uchradi

Aslanov Jasurbek
15 apr 2026, 20:09
Shimoliy Makedoniya mezbonlik qilayotgan "Rivojlanish kubogi" musobaqasi doirasida O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi uchrashuvi o'tkazdi.

Turkiyalik tengqurlariga qarshi kechgan bahs vakillarimiz uchun omadsiz yakunlandi.

O'zbekiston U-16 - Turkiya U-16 0:4

Stadion: "Turnovo" stadioni, Shimoliy Makedoniya.

Ayder Kurbaev boshchiligidagi jamoamiz uchrashuvni quyidagi tarkibda boshlagan edi:

Asosiy tarkib: Ayupov, Zulfiqorov, Nasrulloev, Mamatov, Erkinjonov (S), Achilov, Emonkpaire, Xayrullaev, Xu. O'rolov, Xa. O'rolov, Ro'zimurodov.

Zaxira: Berdiev, Odilov, Bobirov, Shukurov, O'ktamov, Xolmamatov, Akbaraliev, Aminov, Samatov.

Takidlash joizki, ushbu yosh toifasidagi terma jamoamiz so'nggi paytlarda barqaror o'yin namoyish eta olmayapti. Bungacha vakillarimiz CAFA kubogi doirasida Tojikiston va Turkmaniston terma jamoalarini ham mag'lub eta olishmagan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia