“Inter”dan yaxshi taklif bo'lishiga qaramay, Kante “Chelsi”da qolmoqchi

1 sen 2020, 23:51
“Chelsi” yarim himoyachisi N'Golo Kante London klubida faoliyatini davom ettirish niyatida.

Goal.com xabariga ko'ra, fransiyalik futbolchiga Londonda yashash maqul kelmoqda va u “Chelsi”da qolish uchun “Inter” taklifini rad etishga tayyor. O'z navbatida “Inter” bosh murabbiyi Antonio Konte francuzni jamoasisafiga qo'shib olishni astoydil istamoqda. 

Kante 2019/2020 yilgi mavsumda “Chelsi” tarkibida 22 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va to'rtta marta sariq kartochka bilan “siylandi”.


Manba: Goal.com