"Inter" "Zalcburg" hujumchisiga qiziqmoqda

Alisher
13 mar 2022
Avstriyaning "Zalcburg" jamoasi hujumchisi Noa Okafor Milanning "Inter" klubi qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

21 yoshli shveytsariyalik futbolchi "qizil buqalar" safida Chempionlar Ligasi va Avstriya chempionatidagi o'yinlari sabab ko'plab top-klublar e'tiborini tortdi.

Transfer italyan grandiga 25 million evroga tushishi mumkin.

Noa Okafor joriy mavsum YCHLda 6ta o'yinda 3ta gol, Avstriya Bundesligasida esa 15ta bahsda 7ta gol va 5ta assist qayd etdi. Forvard Shveytsariya terma jamoasida uch bor ishlagan.


AlisherMuallif
Manba: Fichajes