"Inter" "Yuventus" ko'zlayotgan futbolchini ilib kyetishi mumkin

Alisher
30 apr 2020, 13:37
"Inter" "Fiorentina" yarim himoyachisi Federiko Keza bilan shartnoma imzolamoqchi.

Oldinroq, xavbekning "Yuventus"ga o'tishga yaqinligi va tomonlar bitim shartlari bo'yicha muzokaralar olib borayotganligi haqida xabarlar yangragandi.

Endi esa Turin klubi Kezaning transferiga pul to'lamaslik uchun uni o'zining qaysidir o'yinchisi bilan almashishni xohlayotgani ma'lum bo'ldi, ammo bunaqa variant "Fiorentina"ni qoniqtirmaydi.

"Inter" o'z navbatida Keza uchun kerakli mablag'ni to'lashga tayyor.


AlisherMuallif
Manba: calciomercato.com