"Inter" va "Roma" sobiq futbolchisi Shukurov to'p tepayotgan "Karagyumruk" safiga qo'shildi

Sherzod Nurmatov
29 sen 2022
Italiya klublari sobiq a'zosi Adem Lyaich Turkiyada qoladi.

Turkiyaning "Fotih Karagyumruk" klubi Adem Lyaich bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi. 30 yoshli serbiyalik yarim himoyachi bilan tuzilgan shartnoma bir yarim yilga mo'ljallangan va keyingi transfer oynasidan boshlab kuchga kiradi.

Lyaich iyul oyidan beri erkin agent bo'lib turgandi. U 2018 yildan buyon Turkiyaning boshqa bir klubi "Beshiktosh"da o'ynab kelardi.

Bungacha Lyaich "Partizan", "Fiorentina", "Roma", "Inter" va "Torino" klublarida ham to'p tepgan. Serbiya terma jamoasi safida 47 ta o'yin o'tkazib, 9 ta gol urgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: karagumruk.com