"Inter" uch futbolchisi bilan shartnomani uzaytiradi

Sherzod Nurmatov
16 dek 2023
Martines, Mxitaryan va Dimarko yangi shartnomalar imzolashga yaqin turibdi.

Italiyaning "Inter" klubi direktori Pero Ausilio klub 3 nafar futbolchi – hujumchi Lautaro Martines, yarim himoyachi Genrix Mxitaryan va himoyachi Federiko Dimarko bilan bitimni uzaytirishini aytdi.

"Dimarko, Lautaro va Mxitaryan shartnomalarini uzaytirishga yaqin turibdi. Ular qolishni xohlaydi, biz ham shuni istaymiz, shuning uchun bu vaqt masalasidir", – dedi Ausilio.

Avvalroq "neradzurri" qishda jarohat olgan Xuan Kuadrado o'rniga boshqa himoyachini olishni istayotgani haqida xabar berilgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football Italia