"Inter" Ryudiger uchun 40 million evro to'lashga tayyor
Tolibjon Qosimov
6 may 2017
"Inter" jamoasi "Roma" himoyachisi Antonio Ryudiger uchun 40 million evro to'lashga tayyor.
Bu haqda "Sky Sport" xabar berdi. Joriy mavsum nemis futbolchisi 33ta o'yin o'tkazgan holda bitta gol urdi va to'rtta golli pas berdi. Bundan tashqari, milanliklar "Roma"ning yana bir himoyachisi Konstantinos Manolasga ham qiziqish bildirishgan.