

Futbolchining o'zi Italiya grandiga o'tishi mumkinligiga ijobiy qaramoqda. Ammo, kelishuvga Real aralashishi mumkin. Gap shundaki, madridliklar ispaniyalik futbolchini 9 mln evroga qaytarib olish huquqiga ega. Ammo, "Komo" bu bandni rad etib, "qaymoqranglilar"ga futbolchi uchun qo'shimcha 20-25 million evro to'lashi mumkin.
Niko Pas "Real" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Yarim himoyachi joriy mavsum "Komo" safida 26 ta o'yin o'tkazib, 6 ta gol va 5 ta assist qayd etdi.



