"Inter" MYU qiziqayotgan futbolchi bilan shartnoma imzolamoqchi

Alisher
11 iyun 2020, 13:07
"Inter" "Bavariya" xavbeki Korenten Tolisso uchun kurashga qo'shildi.

Bu haqda francuz matbuoti xabar bermoqda. Ayni damda Tolisso uchun bosh da'vogar "Manchester Yunayted" klubi bo'lib turibdi.

"Qizil iblislar" rahbariyati francuz futbolchisining "Old Trafford"ga ehtimoliy transferini muhokama qilishdi.

Tolisso joriy mavsum barcha musobaqalarda "Bavariya" safida 24ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 5ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: rmcsport.bfmtv.com