"Inter Mayami" Messi va Busketsni tanishtirish sanasini aniqlab oldi

Mirjalol Normatov
25 iyun 2023
"Inter Mayami"dagilar Leo Messi va Serxio Busketsni iyul oyining o'rtalarida tanishtirish niyatida.

"Mundo Deportivo" xabariga ko'ra, tanishtiruv kuni sanasi 16 iyul bo'ladi va unda Leo Messi hamda Serjio Buskets "Inter Mayami" futbolchisi sifatida tanishtiriladi. Ushbu marosim davomida futbolchilar bilan shartnomaga ramziy imzolash jarayoni ham o'tkaziladi.

Amerika klubi ikki futbolchining yuzidan maksimal ravishda foydalanadi va ayni damda stadionining sig'imini oshirish ustida ish olib bormoqda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo