"Inter" Kristian Eriksenni 10 million evroga baholadi

Alisher
13 yanv 2020
"Inter" va "Tottenxem" Kristian Eriksen bilan bo'layotgan muzokaralarda kelisha olishmayapti.

Milanliklar 10 millionni tejab qolishmoqchi. Avvaliga "Tottenxem" o'yinchi uchun 20 million evro talab qildi.

Tomonlar endi 15 million borasida muzokara qilishmoqda, ammo Milan klubi uni 10 millionga baholamoqda. "Tottenxem" Eriksenni Londonda har qanday holatda ham qolmasligini tushunmoqda.

Daniyalik "Inter" bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo'yicha kelishib oldi. Unga ko'ra, Eriksen bir mavsum uchun 7,5 million evro oladi. Bitim esa 2024 yilga qadar imzolanadi.


AlisherMuallif
Manba: gazzetta.it