"Inter" Keza uchun ikki nafar futbolchisini sotadi

6 apr 2020, 00:46
Milanning "Inter" klubi hamon "Fiorentina" futbolchisi Federiko Kezani xarid qilish niyatida.

"Sportmediaset" nashri xabariga ko'ra, hujumchining ehtimoliy transfer summasi 50 million evroni tashkil qiligi kutilmoqda. Mazkur bitimni amalga oshirish uchun "neradzurrilar" rahbariyati Dalbert (ijara asosida "Fiorentina"da) va Raja Naingolan (ijara - "Kalyari")dan voz kechishga tayyor.

Bundan tashqari, "Inter" Viktor Mozesni 12 million evro evaziga xarid qilish variantini faollashtirmaydi.


Manba: Sportmediaset