"Inter" Gozens uchun 22 million evro to'laydi

Alisher
26 yanv 2022
Germaniya terma jamoasi himoyachisi Robin Gozens faoliyatini "Inter"da davom ettirishi mumkin.

Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, Milan klubi "Atalanta" bilan 24 yoshli nemis borasida kelishuvga erishdi. "Inter" shaxsiy shartnoma bo'yicha kelishishi qoldi xolos.

Gozens Milan klubiga ijara asosida o'tadi. Kelishuvda o'yinchini 22 million evroga xarid qilish huquqi va bonuslar majburiy bo'ladi.

Gozens joriy mavsum barcha musobaqalarda 8ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 1ta assist qayd etdi.




AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano