

Dramatik kechgan bahsda milanliklar 4:3 hisobida g'alaba qozondi va musobaqaning finaliga yo'l oldi. Uchrashuvning eng yaxshi futbolchi uchun beriladigan sovringa “Inter“ darvozaboni Yan Zommer loyiq ko'rildi. Posbon uchrashuvda jami 14 ta seyv amalga oshirdi.



