Inesta: "Siti" qisqa fursatda Pepning o'yin uslubini uzlashtirdi"

"Barselona" yetakchisi Andreas Inesta YCHL doriasidagi "Manchester Siti" bilan bo'ladigan o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirdi.


- "Manchester Siti" ajoyib jamoa. Bu jamoaning tarkibida bir qator mahoratli futbolchilar jamlanishgan. Ular yozda o'z saflariga yanada kuchli futbolchilarni jalb etish orqali yanada kuchayishdi.

Gvardiola boshqaruvidagi jamoalar Pep istagan futbolni namoyish etadi. "Siti" qisqa fursat ichida Pepning o'yin uslubini uzlashtirib oldi. Ular to'p nazorati bo'yicha yetakchi jamoa sanalishadi.

Biz bu bahsga jiddiy qarayapmiz va g'alaba qozonib guruhdagi ahvolimizni yaxshilab olishni istaymiz.

"Manchester Siti" YCHL bosh sovrini uchun eng asosiy davogarlar bittasi hisoblanadi.

Yevropa chempionlar ligasi bosh sovrinini yutishi mumkin bo'lgan jamoalar juda kam. "Siti" esa o'sha jamoalar qatoriga kiradi.


Manba: uefa.com