

Shundan keyin 22 yoshli yarim himoyachi bilan bog'lanib, o'zimizni qiziqtirgan bazi savollarga javob oldik.
- Humoyunmirzo, o'tgan mavsum oxirida "Paxtakor"ning chempionligidan ko'proq quvondingizmi yoki "Buxoro" Superligaga qaytganidanmi?
- Assalomu alaykum. Mavsumning birinchi qismini "Paxtakor"da o'tkazgandim. "Sherlar" chempion bo'lishini xohladim. "Buxoro"ning elitiga qaytishiga yordam berganim uchun xursandman. Esda qolarli yil bo'ldi.
- Sizni "Buxoro"ga kim taklif qildi?
- Murabbiylar shtabi chaqirdi. Lekin bu o'tishda akam (Sardor Eminov - tahr.)ning ham hissasi katta.
- Bu yil ham Buxoroda qolishingiz aytilyapti. "Paxtakor" sizni ijaraga berdimi yoki..?
- Yo'q, "Buxoro" transfer huquqimni sotib olgan. Endi shu jamoaga tegishliman.

- Klubning bu yilgi imkoniyatlarini qanday baholaysiz? Jamoa autsayderlar zonasiga tushib qolmaydimi?
- Hakim aka Fuzaylov yaxshi jamoa shakllantiryapti. Hali hammasi oldinda. Xudo xohlasa, yuqori o'rinlar uchun kurashamiz.
- Iminovning oldidagi shaxsiy maqsadlari qanaqa?
- Bu yil o'sishga erishmoqchiman. Eng katta niyat esa terma jamoada o'ynash.
Ma'lumot uchun, Humoyunmirzo Iminov o'tgan mavsum "Buxoro" libosida 12 uchrashuvda maydonga tushib, 2 bor raqiblari darvozasini ishg'ol qildi.



