Ilyos Zeytullaev: "Bugungi mag'lubiyatga jismoniy charchoq sabab bo'lgani yo'q"

Alisher
26 may 2024
Superliganing 9-turidan o'rin olgan "So'g'diyona" - "Bunyodkor" (4:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Ilyos Zeytullaev matbuot anjumanida ishtirok etdi.




O'yin haqida

- "So'g'diyona" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Yirik hisobda mag'lubiyatga uchragan bo'lsak-da, bizda ham golli vaziyatlar bo'ldi. Biroq, yuzaga kelgan imkoniyatlardan foydalanishda oqsadik. Xato va kamchiliklar ko'zga tashlandi, ko'rib oldik. Navbatdagi tur uchrashuvlariga jiddiy tayyorgarlik ko'rishda davom etamiz.

- "Nasaf" bilan o'yinda durang, "Lokomotiv"ga qarshi bahsda g'alaba qayd etildi. Jamoangiz mana shu o'yinlardan so'ng jismoniy jihatdan charchoq sezdimi?

- Yo'q, bugungi mag'lubiyatga bu faktor sabab bo'lgani yo'q. Biz o'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik, jismoniy holatimiz ham yaxshi edi. Birinchi gol, va undan keyingi gollar jamoamizni sarosimaga tushirib qo'ydi. Mezbonlar safida tezkor futbolchilar bor ekan, ko'p jihatlarda ular ustun kelishdi. Ishlashdan to'xtamaymiz, jamoani qiyin vaziyatdan olib chiqib ketish uchun harakat qilishimiz kerak.


AlisherMuallif
Manba: championat.asia