Germaniya so'nggi daqiqalarda g'alabani ilib ketdi: Gana bilan bahsda Undav qahramonga aylandi

Aslanov Jasurbek
31 mar 2026
Germaniya va Gana terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi yakunlandi.

Shtutgartdagi "Shtutgart Arena"da bo'lib o'tgan bahsda mezbonlar 2:1 hisobida g'alaba qozonishdi.

Germaniya - Gana 2:1

Gollar: Xavertc 45+3, Undav 88 - Fatavu 70.

O'yinning birinchi bo'limiga qo'shib berilgan vaqtda (45+3-daqiqa) Kay Xaverc penaltini aniq amalga oshirib, nemislarni hisobda oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo'limda afrikaliklar faollikni oshirishdi va 70-daqiqada Issaaku Fatavu muvozanatni tiklashga muvaffaq bo'ldi. Biroq o'yin tugashiga oz vaqt qolganda, 88-daqiqada Deniz Undav raqib darvozasini ishg'ol qilib, Germaniyaga muhim g'alabani taqdim etdi.

Eslatib o'tamiz, bundan avval 27 mart kuni Germaniya terma jamoasi Shveytsariyani (4:3) mag'lub etgan edi. Gana esa o'sha kuni Avstriyaga yirik hisobda (1:5) imkoniyatni boy bergandi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia