Ilon Mask “Twitter”dagi JCH-2022 bilan bog'lik statistikalarni xavola etdi. Musobaqa 2018 yilgi mundial va Tokio-2022 Olimpiadasidan ancha oldinlab ketdi

Eldor Akmurzayev
20 dek 2022
Qatardagi mundial eng taniqli ijtimoiy tarmoqlardan biri “Twitter” olamida ham muhokama qilindi.

#World xeshtegi tarmoqdagi eng yuqori o'rinlardan joy oldi. 

#WC2022 ostidagi muhokama va fikr mulohazalar 147 milliard tvitni tashkil etdi va bu #WC2018 ni osonlik bilan ortda qoldirib, #Tokio2020 Olimpiya o'yinlaridan 2 barabor ko'p natija ko'rsatdi.

Ilon Mask: “Fransiyaning goli uchun soniyasiga 24,400 tvit bu Jahon chempionatidagi eng yuqori natija!" 

JCH-2022 vaqtidagi muhokamalar avjiga chiqqan asosiy 5 holat:

1. Argentina – Fransiya. Final. Penaltilar seriyasi yakunlandi, Argentina chempionlik qo'lga kiritdi;

2. Argentina – Fransiya. Final. Mbappe qoyilmaqom zarbasi bilan hisobni tenglashtirdi;

3. Xorvatiya – Braziliya. 1/4 final. Braziliya penaltilar seriyasida muvaffaqiyatsizlikka uchradi, Xorvatiya yarim finalga chiqdi;

4. Argentina – Fransiya. Final. Di Mariya hisobni 2:0 ko'rinishiga keltirdi;

5. Xorvatiya – Braziliya. 1/4 final. Neymar 106-daqiqada gol urib, Braziliyani oldinga olib chiqdi.

Musobaqada eng ko'p nomi tilga olingan futbolchi Lionel Messi bo'ldi. Top-5 quyidagi ko'rinishda:

1. Messi;

2. Mbappe;

3. Neymar;

4. Ronaldu;

5. Son Xyon Min.

Argentina TJ esa eng ko'p eslangan ishtirokchi bo'ldi. Top-5 quyidagicha:

1. Argentina;

2. Braziliya;

3. Fransiya;

4. Portugaliya;

5. Xorvatiya.

Braziliyaliklar eng ko'p tvit qoldirgan muxlislar reytingida yetakchiga aylandi:

1. Braziliyalik ishqibozlar;

2. Yaponiya;

3. Argentina;

4. AQSH;

5. Fransiya.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Twitter