Ildar Mamatkazin: "Olimpik" bilan o'yindagi g'alaba vodiy derbisi oldidan jamoaga ishonch beradi"

Iskandarov Abdulaziz
4 apr 2023
"Andijon" jamoasi Superliganing 4-turida Toshkentda "Olimpik" mehmoni bo'ldi.

Uchrashuvda Ildar Mamatkazin tomonidan urilgan yagona gol "burgutlar"ga 1:0 hisobidagi g'alabani keltirdi. O'yindan so'ng futbolchining fikrlari bilan qiziqdik.

"Avvalo muxlislarni, jamoamiz a'zolarini g'alaba bilan tabriklayman. To'g'ri avvalgi turlarda o'yinimiz o'xshamagandi. "Olimpik"ni yutishimiz shart edi. To'g'ri raqib tarkibida tezkor futbolchilar bor edi. Murabbiylar shu jihatlarni hisobga olib taktika tanlashdi. Himoyada o'ynab, qarshi hujumda vaziyatlardan foydalanishga harakat qildik. Qanday bo'lmasini yutishimiz shart edi. O'ylaymanki, bu g'alaba vodiy derbisi oldidan jamoaga ishonch beradi",- deydi Ildar Mamatkazin


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia