Ikkinchi liga. “Yashnobod” futbolchilari mavsumga jiddiy tayyorlanishmoqda

Narzulla Saydullayev
3 apr 2018, 17:07
Hademay, futbol bo'yicha futbol bo'yicha Toshkent shahar ikkinchi liga uchrashuvlariga start beriladi.

Bu yilgi mavsumda “Yashnobod” futbol klubi a'zolari ham bahslarda ishtirok etishni rejalashtirishgan.

Ayni paytda Yashnobod tuman hokimligi va xomiylar jamoa a'zolarining musobaqaga puxta hozirlik ko'rishlari uchun barcha shart-sharoitlarni yaratib berishmoqda. Aziz Fayziev boshchiligida kuniga ikki mahaldan mashg'ulotlar olib borayotgan yashnobodliklar o'rtoqlik uchrashuvlari orqali futbolchilarni ko'rikdan o'tkazishyapti.

Kuni kecha “Yashnobod” jamoasi poytaxtning Shayxontohur tumani “Olimpik” futbolchilari bilan kuch sinashdi. O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi sun'iy qoplamali maydonida kechgan mazkur bahsda yashnobodliklar 6:1 hisobida g'alaba qozondi.

Ma'lumot uchun, bu yilgi mavsumda “Yashnobod” futbolchilari uy uchrashuvlarini “Obod” sun'iy qoplamali stadionida o'tkazishadi. Hozirda tuman hokimligi tomonidan kelgusida Tuzel mavzesida barpo etiladigan zamonaviy stadionni loyihalash ishlari boshlab yuborilgan.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: yashnobodnews.uz