Ikkinchi liga: “Internat” o'z maydonida “Jomboy”ga yirik hisobda mag'lub bo'ldi

Aslanov Jasurbek
21 may 2015, 13:29
Samarqand viloyat Ikkinchi liga chempionati “B” guruhining 2-turida “Internat” o'z maydonida “Jomboy”ni qabul qildi.
Mazkur uchrashuvda yirik hisob qayd etildi. "Internat" stadionida bo'lib o'tgan uchrashuvda mezbonlar “Jomboy” jamoasiga 1:5 hisobida mag'lub bo'ldi.

Uchrashuvda mexmonlar xujumchisi Sherali Yorboev “Internat” darvozasiga bir yo'la to'rtta to'p kiritib, “poker”ga erishdi. 

Ikkinchi liga, “V” guruhi
20 may, 2 tur
“Internat” (Samarqand shahar) – “Jomboy” (Jomboy tumani) – 1:5.
Hakamlar:
 X. Rustamov (Urgut) – 8,4, S. Hakimov (Urgut) – 8,0, S. Eshboev (Urgut) - 9,0.
Nazoratchi: S. Sharipov (Samarqand).
Gollar: Kamron O'ktamov (53)  – Farxod Xasanov (17), Sherali Yorboev (23,59,65,67).

Aslanov JasurbekMuallif
Manba: samfutbol.uz