Ikkinchi darajali ligada o'ynaydigan Xitoy klubi Erikssonni iste'foga chiqardi

Aslanov Jasurbek
14 iyun 2017
Xitoyning "Shenjen" klubi bosh murabbiysiz qoldi.

69 yoshli mutaxassis dekabr oyida Klarens Zeedorf o'rnini egallab, Xitoy klubi bosh murabbiyiga aylangan edi.

"Shenjen" joriy mavsum Xitoyning ikkinchi darajali ligasida o'tkazgan 13 ta uchrashuvning 6 tasida g'alabaga erishdi va ayni damda 5-o'rinni egallab turibdi.

Sven Yoran Eriksson 2013 yildan beri Xitoy klublarini boshqarib kelmoqda.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal