Igor Sergeev: "Ilk daqiqalardan vaqt cho'zish holati kuzatildi, muhimi g'alaba qozondik"

Iskandarov Abdulaziz
30 sen 2025, 11:20
"Paxtakor" hujumchisi Igor Sergeev Superliganing 23-turidan o'rin olgan "Surxon"ga qarshi uchrashuvdan so'ng fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Qiyin o'yin va himoyada mustahkam o'ynaydigan jamoaga qarshi to'p tepdik. Bundan tashqari ilk daqiqalardan vaqtni cho'zish holatlari uchradi. Bu o'yin tempiga ta’sir o'tkazdi. Muhimi g'alaba qozondik, oldinga intilishda davom etamiz. Gol urib jamoamga yordam berganimdan xursandman. Keyingi o'yinga tayyorlanamiz",- deydi Igor Sergeev. 

- "Paxtakor" ketma-ket uchinchi o'yinda gol urishga qiynaldi. Hujumda nima yetishmayapti?

- Ochig'i bu savolni berishingizni kutgandim. Biz ham buni yaxshi tushunib turibmiz. Yigitlar, murabbiylar bilan tahlil qilyapmiz. 3 ta raqib ham himoyada yaxshi o'ynashdi. Uchinchi o'yinda gol urdik, biz bu borada ishlashda davom etamiz.


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia