⚡️ IFFHS. O'zbekistonning uch klubi 2022 yilgi reytingdan o'rin oldi. “Barsa” 20-o'rinda, Ronalduning jamoasi esa top-500'da ham yo'q

Eldor Akmurzayev
18 yanv 2023
Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) klublarning 2022 yildagi reytingini tuzib chiqdi.

Unda yetakchi sifatida Braziliyaning “Flamengo” jamoasi ko'rsatildi. O'tgan yili esa ushbu nom Braziliyaning boshqa bir vakili “Palmeyras”ga nasib etgandi. Ular bu safar 2-o'rinda qayd etilgan. Kuchli uchlikka esa “Liverpul” yakun yasagan.

Top-10 quyidagi ko'rinishda:

1. “Flamengo” (Braziliya) – 299 ball;

2. “Palmeyras” (Braziliya) – 284;

3. “Liverpul” (Angliya) – 273;

4. “Chelsi” (Angliya) – 250;

5. “Manchester Siti” (Angliya) – 248;

6. “Real” (Ispaniya) – 247;

7. “Benfika” (Portugaliya) – 228;

8. “Portu” (Portugaliya) – 224;

9. “Leyptsig” (Germaniya) – 220;

10. PSV (Niderlandiya) – 215,5;

11. “Bavariya” (Germaniya) – 208;

……..

16. PSJ (Fransiya) – 200;

……..

20. “Barselona” (Ispaniya) – 191;

Shuningdek, reytingda O'zbekiston Superligasidan uch klub kiritilgan. “Nasaf” 183-o'rinda qayd etilgan. “So'g'diyona” va “Paxtakor” pastki qatorlardan joy olgan.

Ma'lumot o'rnida, “Nasaf” o'tgan yil 213, “Paxtakor 283-pog'onada qayd etilgan va ro'yxatda O'zbekistondan AGMK (331) ham bor edi.

Osiyo futbol konfederatsiyadagilar orasida yetakchi sifatida Janubiy Koreyaning “Chonbuk Xyonde Motors” klubi (42-o'rin) qayd etilgan.

Osiyo klublari:

42. “Chonbuk Xyonde Motors” (J.Koreya) – 165;

99. “Ulsan Xyonde” (J.Koreya) – 121;

115. “Al Hilol” (S.Arabistoni) – 112;

133. “Tegu” (J.Koreya) – 104,75;

150. “Urava Red Daymonds” (Yaponiya) – 98;

161. “Kavasaki Frontale” (Yaponiya) – 93,5;

167. “Al Shabob” (S.Arabistoni) – 91,5;

172. “Bi Ji Patxum Yunayted” (Tailand) – 90,5;

179. “Yokogama F. Marinos” (Yaponiya) – 88,5;

183. “Nasaf” (O'zbekiston) – 87;

……..

249. “So'g'diyona” (O'zbekiston) – 71,5;

……..

390. “Paxtakor” (O'zbekiston) – 57.

Krishtianu Ronaldu harakat qilayotgan “Al Nassr” esa top-500'da yo'q. Umuman Saudiya Arabistonidan reytingda “Al Hilol”, “Al Shabab” bilan birga “Al Taavon” (370) ko'rsatilgan.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: IFFHS

O'xshash yangiliklar