

Janubiy Amerika Futbol Konfederatsiyasi (KONMEBOL) IFABga tanaffusni 15 daqiqadan 25 daqiqagacha uzaytirishni so'radi. Konfederatsiyaning fikricha, bu turnir finallari, masalan, Libertadores kubogi uchun yaxshi chora bo'ladi.
Tanaffusni uzaytirish talabi shu vaqt ichida Superboul uslubidagi ko'ngilochar shoularni o'tkazish istagi bilan bog'liq.
IFAB bu g'oyani 27 oktyabrda ko'rib chiqadi.



