Ibrohim Rahimov ham “Surxon”da

Narzulla Saydullayev
25 fev 2018
Bu yil o'z oldiga kuchlilar safiga chiqishni maqsad qilib qo'ygan termizliklar shunga monand tarkibini kuchaytirish payiga tushgan.

Yaqinda “Surxon” jamoasi tarkibiga Ibrohim Rahimov kelib qo'shildi. Tajribali futbolchi o'tgan yili dastlab “Qo'qon-1912” va so'ngra “Neftchi”da o'ynagandi. Qishqi o'quv-yig'in mashg'ulotlarini “Kafu” qo'qonliklar bilan birga o'tkazib kelayotgandi. Lekin jamoada yuzaga kelgan raqobat tufayli 34 yoshli futbolchi faoliyatini Pro-liga jamoasida davom ettirishga qaror qilgan ko'rinadi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia