

"Hamma o'yinlar qiziq bo'ldi. Niyatimiz uzoqroqqa borish edi, ammo nasib qilmagan ekan", – deya gap boshladi Shokirov.

- Siz uchun eng esda qolarli o'yin qaysi bo'ldi?
- Men uchun eng esda qolarli bahs Panama bilan o'yin bo'ldi. Bu mening JCHdagi ilk uchrashuvim edi. Birinchi taym qiyin kechdi, biroq ikkinchi taymda o'zimizga kelib olib, 6 ta gol urdik.
- O'zbekiston Yevropa jamoalariga qay darajada raqobatbardosh bo'la oldi?
- O'zingiz guvohi bo'lganingizdek, farq katta emasdi. Biz ham yevropaliklar uslubiga yaqinlashishga urinyapmiz. Xudo xohlasa, yaqin orada chetda to'p tepishdan umidvorman.
- Aynan qaysi xatolar evaziga Italiyaga yutqazdik?
- Xatolar ko'p bo'ldi. Buni batafsil aytib bera olmayman. Sal hayajon ham sezildi. Italiya baribir nomdor jamoa edi, bu ta’sir qildi.
- Jahon chempionatidagi ishtirok terma jamoa uchun qanchalik samarali bo'ldi deb o'ylaysiz?
- Samarali o'yin bo'ldi deb o'ylayman. Har bir bahs qiziq o'tdi. Panama bilan uchrashuvni aytmasak, har bitta o'yinda teng kurash kechdi.



