Ibragimovich: "Inter"da bir qoida bor edi: agar ketma-ket ikki o'yinda yutqazsak, maoshlar kechiktirilardi"

Sherzod Nurmatov
30 okt 2025
Shvetsiyalik afsona Zlatan Ibragimovich Milan klubidagi qiziq damlarni xotirladi.

"Inter"da bir qoida bor edi: agar ketma-ket ikki o'yinda yutqazsak, maoshlar kechiktirilardi. Biroq Balotelli bu qoidani buzgan!

Biz uch kun ichida Kubok finali va chempionatda yutqazdik. Mario mashg'ulotlarga kelmadi, Mourinyu esa uni topolmadi. 30 daqiqadan so'ng prezident g'azab bilan kirib keldi, yonida Balotelli bor edi.

U bizdan: "Mario italyancha o'qishni biladimi?", deb so'radi. Biz: "Ha", deb javob berdik. Va u qo'shimcha qildi: "Bu kulgili, chunki u mening ofisimga maoshini so'rab keldi".

Biz qoidani tushuntirdik, lekin Mario: "100 marta yutqazsak ham, pulimni hozir olishni xohlayman", deb javob bergandi.

Keyin prezident: "Bundan buyon sizlar maoshingizni har doim o'z vaqtida olasiz, lekin men hech kim o'zini Mario kabi tutishini istamayman", dedi.

O'shanda birinchi marta bizga ikki mag'lubiyatdan keyin maosh to'lashgandi... va biz unga ko'proq to'p uzata boshladik, shunda u gol urishi mumkin bo'lardi, chunki u prezidentdan yaxshiroq edi", – dedi Ibra.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Footy Section