Ibragimovich: "Dunyodagi eng qiyin liga Italiya A Seriyasi"

Tolibjon Qosimov
12 dek 2017, 21:57
"Manchester Yunayted" hujumchisi Zlatan Ibragimovich A Seriya haqida fikrlarini bildirib o'tdi.

Eslatib o'tamiz, shved futbolchisi o'z vaqtida Italiyaning "Yuventus", "Milan" va "Inter" klublarida to'p tepgan.

Italiya A Seriyasi dunyodagi eng qiyin liga. Taktik jihatdan bu chempionat hammadan oldinda.

"2008-2009 yilgi mavsumda "Inter" bilan chempionatni yutdim va birinchi marotaba A Seriya to'purari bo'ldim. Agar sen Italiyada hammadan ko'p gol ursang, unda boshqa istalgan joyda gollar ura olasan. Italiya A Seriyasi dunyodagi eng qiyin liga. Taktik jihatdan bu chempionat hammadan oldinda", - dedi Ibragimovich.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Football Italia