

“Halol o'yin faqat futbolchilarga emas, boshqalarga ham tegishli. Hakamlarning bugungi qarorini o'yindan keyin ko'rib chiqishadi. Haqiqatdan Toshkent derbisi yaxshi o'tdi. Shunaqa o'yinlardan so'ng, futbolchilar o'sadi va o'shanda terma jamoaga o'yinchilarni tanlash ham oson bo'ladi. Keyingi uchrashuvlarda yaxshi o'yin ko'rsatib, ijobiy natija ko'rsatishga harakat qilamiz”, – deydi Ergashev.




