

Shu munosabat bilan 30 aprel va 1 may kuni Toshkent shahrida havaskorlar o'rtasida "Sog'lom ona, sog'lom bola" yiliga bag'ishlangan o'rtoqlik mini-futbol musobaqasi bo'lib o'tadi.
Musobaqada 8ta havaskor jamoa ikki guruhga bo'lingan holda kurash olib boradi.
"A" guruhi: "Favorit", "Do'stlik" (Qo'qon), "Pop tumani" (Namangan), "Sebzor"
"B" guruhi: "Yoshlar", "Bunyodkor-Fan", "Top Mix", "Chorsu"
Guruhlarda dastlabki ikki o'rinni olgan jamoalar yarim finalda ishtirok etishadi. Uchrashuvlar 30 aprel va 1 may kunlari Chilonzor Oq-tepadagi bolalar futbol maydonida bo'lib o'tadi.





