Hamid Aktamov: "Sherali Jo'raev o'tgan o'yinda boshidan jiddiy jarohat olgan. Doston Ibragimovni topganimiz yo'q"

Aslanov Jasurbek
2 noya 2020
Coca Cola Superliga 22-turdan o'rin olgan "Qizilqum" - "Navbahor"(0:2) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Hamid Aktamov fikrlarini bildirib o'tdi.

"O'yin haqida nima deyishim mumkin? "Navbahor" jamoasi yaxshi harakat qildi. O'zi uchun kerakli bo'lgan uch ochkoga ega chiqdi. Kutilmaganda ikki nafar asosiy tarkib futbolchimiz jarohat oldi. Natijada yoshlarni maydonga tushirdik. Ularga ham imkoniyat berish kerak. Bugun g'alaba qozonamiz deb o'ylagan edik. Ammo, o'yinimiz o'xshamadi, omadimiz kelmadi. Ikki nafar futbolchining jarohati juda katta ta’sir qildi. Zaxirani amalga oshirgunimizga qadar o'yinimiz yaxshi chiqayotgan edi. Shundan keyin o'yinimiz o'zgarib ketdi. Boz ustiga Sherali Jo'raev ham tarkibda yo'q edi. Balki shular ham ta’sir qilgan bo'lishi mumkin. Keyingi o'yinlarga yaxshi tayyorgarlik ko'ramiz va oxirigacha kurashamiz. 

Salim Mustafoev va Oybek Qilichevning jarohati og'ir emas. Tez kunlarda tuzaladi degan umiddamiz. Bugungi o'yinda yordam bera olishmadi. 

Doston Ibragimov bilan hali aloqaga chiqqanimiz va topganimiz yo'q. Chaqiryapmiz, hali kelganicha yo'q. Sherali Jo'raev "Andijon" bilan o'yinda boshidan jiddiy jarohat olgan, xotirasini yo'qotgan, eslolgani yo'q",- deydi Hamid Aktamov.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia