

- "Bunyodkor" yana yutqazdi. Bu uchrashuvga qisqacha qilib qanday tarif bera olasiz?
- O'yinga biror nima deb tarif berish juda qiyin. O'yinimiz qovushmadi, chetlatish ham bizning ishimizni ancha og'irlashtirdi.
- Uch yildan buyon bir xil ssenariy davom etib kelmoqda. Har safar o'yinlardan oldin balandparvoz gaplar bo'ladi. Lekin amalda mutlaqo hech nimani ko'rsata olmayapsizlar. Avval "Bunyodkor"dan Osiyo maydonlarida har qanday jamoa hayiqib turardi. Hozir esa "Bunyodkor" raqiblarga ochko ulashadigan jamoaga aylanib qolgani haqiqat. Nimani o'zgartirish kerak, deb o'ylaysiz?
- Bilmadim to'g'risi. Hali "Bunyodkor" o'z so'zini aytadi. Hozir yoshlarga ko'proq e'tibor qaratilmoqda. Xudo xohlasa hammasi yaxshi bo'ladi.
- Jamoada ichki muhit qay darajada?
- Ichki muhit joyida. Nimani hisobiga yutqazayotganimizni bilmadim. Buni o'rganib, xatolar ustida ishlashimiz kerak.


