Hakim Fuzaylov uch oylik faoliyatidan so'ng "Qirg'izoltin" jamoasi bilan xayrlashdi

28 avg 2026, 09:25
O'zbekistonning bir qator jamoalarida faoliyat olib borgan Hakim Fuzaylov "Qizg'izoltin" jamoasi bilan xayrlashdi.

"Qirg'izoltin" futbol klubi Hakim Qayumovichga bajarilgan ishlar, professionallik va jamoa rivojiga qo'shgan hissasi uchun minnatdorchilik bildiradi.

Hakim Qayumovichning sog'lig'i holati munosabati bilan va tomonlarning o'zaro roziligiga ko'ra bosh murabbiy bilan mehnat shartnomasi bekor qilindi.

Mehnatingiz va jamoaga qo'shgan hissangiz uchun tashakkur!", - deyiladi Qirg'iz klubi matbuot xizmati taqdim etgan xabarda.

Eslatib o'tamiz, Fuzaylov "Qirg'izoltin" jamoasini shu yilning may oyida qabul qilib olgandi. Uning qo'l ostida jamoa 9 ta bahsda maydonga tushib, 1 ta g'alaba, 2 ta durang va 6 ta mag'lubiyatni qayd etdi.

photo_2026-08-28_09-10-59.jpg

O'xshash yangiliklar


Manba: @kyrgyzaltynoff