

"Bu o'yinni ikki jamoa uchun ham ahamiyati yo'q edi. Natija albatta bizni qoniqtirmaydi, jamoamiz pley-offda o'ynaydi. Har qanday holatda ham yigitlarga yaxshi o'iyn uchun rahmat aytaman. Bu yil Superligada o'z maydonimizdagi ilk g'alabani qo'lga kiritdik. O'ylaymanki, futbolchilarda kayfiyat yaxshi. Endi 5 dekabr kuni bo'ladigan o'yinga tayyorlanamiz. Jamoani Superligada olib qolish uchun juda muhim o'yin hisoblandi.
Ruhan tayyorlashga kelsak, chempionga qarshi maydonga chiqdik. Pley-off o'yiniga ko'tarinki kayfiyatda borish uchun ham bugun g'alaba kerak edi. Oldindan aytish mumkinki, bu bahs juda qiyin o'tadi. Hozirgi asosiy ish futbolchilarni tiklash va tayyorlash. Imkoniyat bor, lekin buni istamagandik. Ishonamanki, mazkur bellashuvda VAR bo'ladi.
Rustam Abduhamidovda jarohat bor. Unga yana 2 xafta kerak bo'ladi. U bir necha kundan buyon mashg'ulot o'tkazmadi. Bubanya o'zini qanday his qiladi, buni ham ko'ramiz",- deydi Hakim Fuzaylov.



