Hakim Fuzaylov: "Hali ketma-ket ochko qo'lga kiritiladigan o'yinlar keladi"

Оқил Абдубарноев
4 iyun 2024, 23:26
Pro liganing 11-turidan o'rin olgan "Xorazm" - "Qo'qon-1912" (0:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Hakim Fuzaylov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

O'yin haqida

- Ko'p jarohat va chetlatishlarga qaramasdan bugun yomon o'yin ko'rsatmadik. Yigitlar oxirgi daqiqalarga qadar g'alaba uchun kurashishdi. Qayerdadir ozroq yetishmayotgan jihatlarimiz bor. Tarkibimizda yaxshi futbolchilar jam bo'lishgan. Birinchi davra mobaynida biz hammaning imkoniyatlarini chamalab olishni maqsad qilganmiz. Ishlashda davom etsak, hali oldinlar ketma-ket ochkolar qo'lga kiritiladigan o'yinlar ham keladi.

- Vaziyatlardan foydalana olmaslik kabi holatlar ko'zga tashlanayapti. Hujumchilarning o'yinlariga qanday baho berasiz?

- Hujumchilarda tajriba yetishmayapti. Mo'min Melievda tajriba bor, biroq u hozir jarohat olgan. Maydonga tushayotgan yosh hujumchilarda etarlicha tajriba yo'qligi yaqqol ko'zga tashlanib qolayapti. 

- Bobur Qosimovning jarohati qanchalik jiddiy?

- Bobur Qosimovning jarohati haqida hozir biron gap aytish qiyin. Buni tahlil qilamiz. Bir necha kundan so'ng uning jarohati haqida aniq fikr aytish mumkin bo'ladi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia